Sankt-Peterburgda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan yuzdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi vataniga qaytarilmoqda. Ular “Vatanga qaytish” xayriya aksiyasi doirasida O‘zbekiston Bosh konsulligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi tomonidan uyiga jo‘natilmoqda.
Aksiya doirasida ular qaytish sertifikatlari va aviachiptalar bilan ta’minlangan bo‘lib, O‘zbekistonga jo‘natilishi 18-avgust kuni rejalashtirilgan.
Oxu.Az'ning xabar qilishicha, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan vatandoshlarimiz “Vatanga qaytish” xayriya aksiyasi doirasida 30-iyuldan 30-avgustga qadar O‘zbekiston Bosh konsulligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi tomonidan vataniga jo‘natilmoqda.


