1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 17 mingga yaqin alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar maxsus ta’lim muassasalariga yuborildi

Davlat-xususiy sheriklik asosida 1 668 nafar bola kunduzgi bo‘lim xizmatidan foydalandi, 37 nafari kasb-hunar kollejlariga yo‘llanma oldi.

O‘zbekistonda 17 mingga yaqin alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar maxsus ta’lim muassasalariga yuborildi

Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan hamda alohida pedagogik yondashuvga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda. Joriy yilning yanvar–iyun oylarida Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan 16 ming 939 nafar bola uchun davlat ta’lim muassasalariga yo‘llanmalar berildi.

 

Xususan:

 

3 951 nafar bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalariga,

 

9 448 nafar bola maxsus maktab va maktab-internatlarga,

 

923 nafar bola inklyuziv sinflarga,

 

776 nafar bola esa bolalar bog‘chalarining inklyuziv guruhlariga qamrab olindi.

 

Bundan tashqari, davlat-xususiy sheriklik asosida 1 668 nafar bola kunduzgi bo‘lim xizmatlaridan foydalandi, yana 37 nafar bola kasb-hunar kollejlariga yo‘llanma oldi.

 

2025-yil 14-avgust holatiga ko‘ra, 2 139 nafar bola (shundan 1 172 nafari 10 yoshgacha bo‘lganlar) DXSh shartnomalari bo‘yicha kunduzgi parvarish xizmatlari bilan ta’minlangan.

 

Shuningdek, mamlakatimizdagi 12 ta kichik mehribonlik uyida 100 nafarga yaqin bola, jumladan, 60 nafar nogironligi bo‘lgan tarbiyalanuvchi doimiy parvarish va ta’lim olish imkoniyatiga ega.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика