1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda hokim o‘rinbosari 30 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

U qishloq xo‘jaligi yeridan foydalanishga ruxsat evaziga pul talab qilgan.

Jizzaxda hokim o‘rinbosari 30 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Jizzax viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Forish tumani hokimi o‘rinbosari noqonuniy harakatlarda ayblanib, ushlangan. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, manzilli tekshiruv davomida u o‘z mansabidan foydalangan holda, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi MCHJga tegishli 204 gektar yer maydonini tuman hokimligi nazoratiga qaytarmaslik va kelajakda erdan erkin foydalanishga yordam ko‘rsatish evaziga 30 ming AQSh dollari talab qilgan.

 

Hokim o‘rinbosari dastlab 20 ming dollarlik qismni olgan vaqtida ushlanib, qolgan 10 ming dollar hosil yig‘imidan so‘ng berilishi rejalashtirilgani aniqlangan.

 

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика