1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda maktab direktori o‘qituvchilarni ishga joylashtirish uchun pora olayotganida ushlandi

U ikki nafar o‘qituvchidan ishga kiritish uchun 16 mln so‘m talab qilgan.

Jizzaxda maktab direktori o‘qituvchilarni ishga joylashtirish uchun pora olayotganida ushlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Jizzax viloyatidagi 16-umumta’lim maktabi direktorini pora olishda gumon qilib qo‘lga oldi. Tekshiruvlarga ko‘ra, mas’ul shaxs ikki nafar o‘qituvchini ishga joylashtirish evaziga jami 16 million so‘m talab qilgan.

 

O‘qituvchilardan biri bu haqda huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Unga bo‘sh ish o‘rinlari uchun pul to‘lash sharti qo‘yilgani, hatto ishga kirish imtihonlari uchun test javoblari taqdim etilgani aniqlangan.

 

Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida direktor poraning ikkinchi qismi — 11 million so‘mni olayotganida qo‘lga olingan. Avvalroq u 5 million so‘m olgani ma’lum bo‘lgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi (katta miqdorda pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика