1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kam taʼminlangan oilalarga suvi taʼminoti uchun subsidiya ajratiladi

Oilalar artezian qudug‘i qazish, suv nasosi va filtr o‘rnatish xarajatlarining 90 foizigacha davlatdan yordam olish imkoniyatiga ega.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kam taʼminlangan oilalarga suvi taʼminoti uchun subsidiya ajratiladi

O‘zbekiston hukumati Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan oilalarning ichimlik suvi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashga ko‘maklashish maqsadida subsidiya ajratish tartibini belgiladi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, Kambag‘al oilalar reyestrida qayd etilgan xonadonlarga quyidagi ishlarga sarflangan mablag‘larning asosiy qismi davlat hisobidan qoplanadi:

 

turar joy hududida artezian qudug‘i qazish;

 

suv nasosi sotib olish va o‘rnatish;

 

ichimlik suvi filtrlari xarid qilish va montaj qilish.

 

Subsidiya mazkur xarajatlarning 90 foizigacha bo‘lgan qismini, biroq eng ko‘pi bilan BHMning 30 baravarigacha qoplaydi.

 

Xizmatlar faqat “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi. Oilalar subsidiya olish uchun “Inson” markazlariga yoki mahalladagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qilib, tizim orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

 

Belgilangan tartibda yuborilgan so‘rovlar bo‘yicha qaror qabul qilingach, tizim orqali avtomatik ravishda xabar yuboriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика