Natijada, avtobus salonida bo‘lgan, 24 yoshli J.N. shifoxonada va 40-45 yoshlar atrofida bo‘lgan (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) yo‘lovchi shifoxonaga olib borilayotganda, yo‘lda vafot etgan. Shuningdek, yo‘lovchilar, 48 yoshli B.S., 29 yoshli A.A., 22 yoshli G.S., 48 yoshli M.B. va 35 yoshli D.A.lar turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, tungi vaqtda harakatlanganda o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘raymiz.


