1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Endi “dom”larni qarzdorlik bo‘lmagandagina sotish mumkin bo‘ladi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Endi “dom”larni qarzdorlik bo‘lmagandagina sotish mumkin bo‘ladi

 

“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yana-da samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko‘p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritiladi.

 

2024 yil 1 yanvardan:

 

  • ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;

  • majburiy badallarning yoki to‘lovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;

  • agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo‘lgan chiqindilarni maishiy chiqindilarni to‘plash punktlarida yoki chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlari bilan kelishilgan maxsus joylarda yig‘ishga ruxsat etiladi.

 

Shirkatlar va boshqaruvchi tashkilotlarning hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oldidagi qarzdorligi va ular uchun hisoblangan jarimalarning to‘lov muddati 2024 yil 1 oktyabrgacha kechiktiriladi.

 

Qaror bilan shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar beriladi:

 

  • ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik taʼminotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

  • ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan taʼmirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика