Ushbu chora-tadbirlar Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar oqimini to‘g‘ri taqsimlash maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Jamoat transportida yo‘lovchilar oqimining ortishi munosabati bilan o‘quv yilining 4 sentyabrdan boshlanishi munosabati bilan poytaxt metrosida poyezdlar harakatining vaqt oralig‘ini qisqartirish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Eng tig‘iz vaqtlarda Chilonzor yo‘nalishida 1,5 daqiqalik, O‘zbekiston yo‘nalishida esa 3-3.5 daqiqalik hamda Yunusobod yo‘nalishida 5 daqiqalik intervalda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.


