1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Agar ssenariy ma’qul kelsa, "Taksi" filmining 6-qismida, albatta, suratga tushaman"

Sami Naseri Toshkent Xalqaro kinofestivali doirasida O‘zbekistonga keldi.

"Agar ssenariy ma’qul kelsa, "Taksi" filmining 6-qismida, albatta, suratga tushaman"

 

 

"Ipak yo‘li durdonasi" XV Toshkent Xalqaro kinofestivali doirasida "Taksi" filmida bosh rolni (Daniyel) ijro etgan taniqli aktyor Sami Naseri ishtirokida yosh va bo‘lajak kinoijodkorlar uchun mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Bu master klass ham Frederik Diyefental bilan bo‘lgan master klass kabi yengil hazil-mutoyibalar bilan boshlandi.

 

Jumladan u: " Men ham hamkasbim Frederik Diyefental kabi raqsga tushib berishim mumkin,"- deb, tadbir oxirida aytgan gapining ustidan ham chiqdi, ya’ni "Taksi" filmidagi mashhur musiqalardan biriga raqs tushib berdi.

 

Bundan tashqari Sami Naseri siyosat bilan qiziqmasligini va agar beriladigan taklif yoqsa, davlat tanlamasdan rol ijro etishini aytib, quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlab otdi: " Men uchun siyosatni qizig‘i yo‘q, men shunchaki oddiy insonlar uchun kinoda suratga tushaman. Masalan hozir Fransiya va Jazoir o‘rtasida hamkorlikda suratga olinayotgan mustamlakachilik haqidagi bir katta filmda rol o‘ynayapman."

 

Shuningdek u "Taksi" filmida rol ijro etgan qolgan aktyorlar bilan tadbirlarda va boshqa marosimlarda uchrashib turishini, Emiliyen rolini ijro etgan Frederik Diyefental bilan esa doimo aloqada ekanligi aytib berdi. Bu ikkilik hozir o‘z prodyuserlik firmasini yuritadi va bir-biridan qiziqarli filmlar ustida ishlashmoqda. 

 

Undan nega "Taksi" filmining 5-qismida o‘ynamagani haqida savol so‘ralganda, u shunday javob berdi:

"Bu qismning ssenariysi menga ham do‘stim "Emiliyen"ga ham ma’qul kelmadi, keyin u yerda umuman boshqa jamoa ishladi va bizga umuman u muhit yoqmadi. Ammo eski jamoadoshlarimiz (rejissyor, aktyorlar, prodyuser, bastakor) ishtirok etsa va film falsafasi bizga yoqsa, men ham, Frederik ham 6-qismda albatta rol o‘ynaymiz."

 

Master klass so‘ngida u muxlislarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar berib o‘tdi. Sami Naseri ertaga Toshkent Xalqaro kinofestivalining yopilish marosimi bo‘lib o‘tadigan Samarqand shahrida bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика