1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda MDH davlatlari uchun xavfsizlik sohasidagi muhim tadbir bo‘lib o‘tadi

Unda zamonaviy tahdidlar va o‘zaro harakatlarni muvofiqlashtirishga oid keng qamrovli masalalar ko‘rib chiqiladi.

Samarqandda MDH davlatlari uchun xavfsizlik sohasidagi muhim tadbir bo‘lib o‘tadi

16-17 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi hamda MDHga aʼzo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Ushbu majlislarda Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston maxsus xizmatlari rahbarlari ishtirok etadi.

 

Tadbirlarda, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi va MDHga aʼzo davlatlar Aksilterror markazi vakillari ham qatnashadi.

 

Ushbu anjumanlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Hamdo‘stlik makonida xavfsizlikni taʼminlash, shu jumladan, xalqaro terrorizm va ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, axborot xavfsizligiga tahdidlar, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy xalqaro aylanmasiga qarshi kurashish borasida hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

 

Yig‘ilishlar davomida zamonaviy tahdidlar va o‘zaro harakatlarni muvofiqlashtirishga oid keng qamrovli masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

 

Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari mintaqaviy va global xavfsizlikni taʼminlash borasida o‘zaro hamkorlikning aniq vazifa va yo‘nalishlarini belgilab olishadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика