1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda yana ko‘cha bezorilari paydo bo‘lgani haqidagi videolarga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlardagi zo‘ravonlik videosi “Giyohvandlik va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslarni davolash”ga ixtisoslashgan klinikada olingani aniqlandi.

Toshkentda yana ko‘cha bezorilari paydo bo‘lgani haqidagi videolarga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh shaxslarning boshqa fuqarolarga nisbatan kuch ishlatayotganligi aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

O‘rganish jarayonida ushbu holat 2025-yil yanvar oyida Yunusobod tumanida joylashgan “Giyohvandlik va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslarni davolash”ga ixtisoslashgan xususiy klinikada sodir bo‘lgani aniqlangan. Videoda davolanish uchun olib kelingan bemorlarning agressiv xatti-harakatlari va ularni tinchlantirishga uringan klinika xodimlarining harakatlari tasvirlangan.

 

Tarmoqlarda bildirilgan “ko‘cha bezorilari” haqidagi taxminlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan fuqarolar yoki ularning yaqinlari tomonidan ichki ishlar organlariga hech qanday murojaat kelib tushmagan.

 

Hozirda Toshkent shahar IIBB rahbariyati boshchiligida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijalar bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi. Jarayon Ichki ishlar vaziri nazoratiga olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика