O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-avgust kuni Turkmanistonga amalga oshiradigan amaliy tashrif doirasida “Ozarbayjon – Turkmeniston – O‘zbekiston” uch tomonlama sammitida ishtirok etadi. Tashrif Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmeniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhammedovning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.
Sammit “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadi. Unda ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalarda sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.


