1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri bilan uchrashdi

Unda O‘zbekiston-Saudiya ko‘p qirrali hamkorligi va keng ko‘lamli sherikligini yana-da kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlaridan iborat nufuzli delegatsiya boshchiligida mamlakatimizga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Saudiya ko‘p qirrali hamkorligi va keng ko‘lamli sherikligini yana-da kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Samarali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Barcha darajadagi aloqalar faollashdi. O‘zaro savdo hajmi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va qo‘shma korxonalar soni ortib bormoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar ko‘paydi.

 

Qo‘shma loyihalar portfeli 27 milliard dollarga yetdi. "ACWA Power" kompaniyasi bilan energetika sohasida 15 milliard dollarlik qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

 

Kuni kecha Toshkent shahrida o‘tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlarining samarali natijalari, ular doirasida yangi bitim va shartnomalar imzolangani yuksak baholandi.

 

“Yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, ko‘chmas mulk, mamlakatimiz hududlarida infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi loyiha va tashabbuslarni tez fursatda amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика