1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda sud tizimi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Sud xodimi sudlanuvchiga tanishlari orqali yengillik yaratib berishni va’da qilgan.

Buxoroda sud tizimi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Jinoiyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudining arxiv mudiri ichki ishlar organlari tomonidan JKning 237 va 238-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushlangan.

 

Aniqlanishicha, u JIB Kogon shahar sudida ko‘rib tamomlangan ish bo‘yicha sudlanuvchiga sud tizimidagi tanishlari orqali yengillik yaratib berish va hukmni o‘zgartirmaslikni va’da qilib, 700 AQSh dollari talab qilgan. Oldindan 100 dollar olgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tezkor tadbirda qolgan 600 dollarni olgan paytda uni ushladi.

 

Hozirda unga JKning 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llanildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика