1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida sholichilik klasteri faoliyati bilan tanishdi

Toshkent viloyatida 8,7 ming gektar yerda sholi ekilib, suvni tejovchi texnologiyalar natijasida 60 mln kub metr suv tejaldi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida sholichilik klasteri faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi “TCT Rice” sholichilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.

 

Mazkur jamiyatda sholini yetishtirish, qayta ishlash va tayyor mahsulot sifatida ichki va tashqi bozorlarga yetkazishning to‘liq sanoat zanjiri yo‘lga qo‘yilgan.

 

Avvallari sholikorlik faoliyati parokanda bo‘lib, fermerlar yetarli daromad ololmas edi. So‘nggi yillarda sohada tizimli islohotlar natijasida hosildorlik va samaradorlik oshdi, qayta ishlash infratuzilmasi takomillashtirildi.

 

Joriy yilda Toshkent viloyatida 8,7 ming gektar maydonga sholi ekildi. Ulardan 3 ming gektarida suvni tejovchi texnologiyalar joriy etilib, 60 million kub metr suv tejashga va 522 tonna urug‘lik sarfini kamaytirishga erishildi.

“TCT Rice” klasteri tomonidan 2 ming gektardan ortiq yer maydonida “Iskandar”, “Guliston” va “Nukus” navlari ekilib, parvarishlandi.

Hozirga qadar 985 gektar maydonda o‘rim-yig‘im yakunlanib, har gektaridan o‘rtacha 65–70 sentner, ayrim dalalarda esa 80–85 sentnergacha hosil olindi.

 

Davlat rahbari fermerlar va qishloq xo‘jaligi sohasining faxriylari bilan muloqotda bo‘lib, ularning tajribasi, mehnatsevarligini e’tirof etdi.

Shavkat Mirziyoyev zamonaviy ilm-fan, innovatsiya va suvni tejash texnologiyalarini keng joriy etish zarurligini ta’kidladi.

 

“Bugun barcha sohalarda ilm va innovatsiyaga tayanmoqdamiz. Qishloq xo‘jaligida ham bozor tamoyillarini joriy etib, daromadni oshirmasak, bu darajadagi hosilga erishish mushkul bo‘lardi. Endi suv tanqisligiga moslashib ishlash, suvdan tejab foydalanishni o‘rganish zarur”, — dedi Prezident.

 

Shuningdek, sohada xorijiy tajribalarni o‘rganish, hosildor navlarni ko‘paytirish, qayta ishlashni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика