1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shri-Lanka sayyohlar uchun PZR-testlarini bekor qildi

Koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar test topshirishdan ozod qilinadi.

Shri-Lanka sayyohlar uchun PZR-testlarini bekor qildi


Daily News xabar berishicha, Shri-Lanka hukumati koronavirusga qarshi emlangan chet ellik sayyohlardan testr topshirish majburiyatini olib tashladi. 

 

Shunday qilib, 1 martdan COVID-19ga qarshi to‘liq emlangan chet ellik sayyohlar mamlakatga kirishda PZR yoki espress-test topshirmaydi. Sayohatdan kamida  hafta oldin vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qilganlar to‘liq emlangan sanaladi. 

 

18 yoshgacha bo‘lgan sayyohlar esa to‘liq emlangan deb hisoblanishi uchun mamlakatga kirishdan 2 hafta oldin vaksinaning birinchi dozasini olgan bo‘lishi kerak. 

 

Bundan tashqari, so‘nggi yarim yilda koronavirusdan sog‘ayganlar ham testdan ozod qilinadi. Ular kasallikni boshdan o‘tkazgani haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishi kifoya.

 

12 yoshdan katta emlanmagan sayyohlar ko‘pi bilan 72 soat oldin PZR yoki 48 soat avval ekspress-test topshirishi shart. Ma’lumotnoma ingliz tilida bo‘lishi kerak. Shuningdek, mamlakatga kirishdan oldin Health Declaration Form onlayn anketasi to‘ldiriladi. 


Avvalroq Tailand hukumati mamlakatga kirish qoidalariga o‘zgartirish kiritgani haqida xabar qilgan edik.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика