1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Bankni "chuv tushirmoqchi bo‘lgan" tadbirkorlarning kirdikorlari fosh etildi

Hozirda ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bankni "chuv tushirmoqchi bo‘lgan" tadbirkorlarning kirdikorlari fosh etildi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar qilishicha, departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazildi.

 

Qayd etilishicha, “A.F.” MCHJ rahbari T.G. bank muassasasidan zamonaviy issiqxona qurish uchun 5,5 milliard so‘m kredit ajratilishiga erishib, garovga qo‘yilgan mulkni soxta maʼlumotlar kiritish orqali taqiqdan chiqarib sotib yuborganligi natijasida bank manfaatlariga 3,8 milliard so‘m zarar yetkazilganligi mаʼlum bo‘ldi.

 

Shuningdek, “S.B.” MCHJ rahbari M.R. MCHJga qurilish mollari sotib olish uchun ajratilgan 5 milliard so‘m kredit evaziga garovga qo‘yilgan mulkni soxta maʼlumotlar kiritish orqali taqiqdan chiqarib sotib yuborganligi natijasida bank manfaatlariga 4,3 milliard so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda tuman XTB mudiri o‘rinbosari pora bilan ushlangani, Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 milliard so‘mni o‘zlashtirib yuborgani, Termizda yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh bo‘lgani hamda Buxoroda hokimlik zaxirasidagi yerni 8 000 AQSH dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика