Mark Sukerbergning yangi ijtimoiy tarmog‘i Threads foydalanuvchilar orasida tez mashhurlikka erishdi. Mazkur xizma ishga tushirilgan birinchi kunning o‘zidayoq 30 milliondan ortiq kishi ro‘yxatdan o‘tdi.
Maʼlumot uchun, mazkur ijtimoiy tarmoqda kichik postlar yozish, ularga fikr bildirishi va repost qilish mumkin. Qayd etilishicha, yangi ilova interfeysi Twitterga o‘xshaydi. Threads kontent mualliflari Twitterdan farqli ravishda "aqlli ishlaydigan" platforma paydo bo‘lishiga qiziqish bildirganidan keyin yaratilgan.
Aynan mana shu xabarlar ikki ijtimoiy tarmoq rahbarlari Ilon Mask va Mark Sukerberg o‘rtasida kelishmovchiliklarga sabab bo‘lgan va ular ehtimoliy jang bo‘lishini eʼlon qilgan


