1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda kadastr xodimi va fuqaro noqonuniy yer savdosida ushlandi

Ular yer uchun 200 mln, hujjatlar uchun 4 mln so‘m talab qilgan.

Surxondaryoda kadastr xodimi va fuqaro noqonuniy yer savdosida ushlandi

Surxondaryo viloyatida davlat yer uchastkasini noqonuniy sotishga urinish fosh etildi.

 

Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Jarqo‘rg‘on tumanida Kadastr palatasi xodimi hamda mahalliy fuqaro davlat zaxirasidan 40 sotix yer maydonini noqonuniy ravishda sotishga uringan paytda qo‘lga olingan.

 

Tergov materiallariga ko‘ra, ular yer uchastkasi uchun 200 million so‘m va hujjatlarni tayyorlash uchun qo‘shimcha 4 million so‘m talab qilgan. Pul mablag‘i topshirilayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan jinoyat harakati to‘xtatildi.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика