1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonlik alpinist Alp tog‘laridagi eng qiyin cho‘qqilardan birini zabt etdi

Matterhorn cho‘qqisi 4478 metr balandlikdagi joylashgan.

O‘zbekistonlik alpinist Alp tog‘laridagi eng qiyin cho‘qqilardan birini zabt etdi

O‘zbekistonlik alpinist Diyor Haydarov Alp tog‘larida joylashgan dunyoning eng mashhur va murakkab cho‘qqilaridan biri — Matterhorn (4478 metr) tog‘ini muvaffaqiyatli zabt etdi.

 

Ko‘tarilish Shveytsariyaning Zermatt shahridan (1620 metr) boshlangan. Dastlab sportchi Xornli boshpanasigacha (3260 metr) yetib bordi va qisqa akklimatizatsiya mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Ertasi kuni tongda jamoa bilan birga qiyin toshli tizmalardan harakatlanib, 4000 metr balandlikda muzli qismlarga duch keldi. Shu yerda Haydarovning kramponlari bilan bog‘liq muammo yuzaga keldi, ammo u muz boltasidan foydalanib, yo‘lni davom ettirdi. Qiyinchiliklarga qaramay, alpinist to‘rt soat ichida cho‘qqiga chiqib, besh soatda xavfsiz qaytdi.

 

Diyor Haydarov 2025-yil iyul oyida ham Ozarbayjonning eng baland nuqtasi — Bozarduzu cho‘qqisi (4466 metr)ni zabt etgan edi. Shuningdek, u 2021-yilda Pomir tog‘laridagi Abu Ali ibn Sino cho‘qqisiga (7134 metr) ko‘tarilib, davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston bayrog‘ini ko'targan.

 

Uning so‘nggi yutug‘i o‘zbekistonlik sportchilar xalqaro alpinistik maydondagi faol ishtirokini yana bir bor namoyish etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика