1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda Nexia maktab o‘quvchisini urib yubordi

Hodisa oqibatida 7 yoshli bola vafot etdi.

Surxondaryoda Nexia maktab o‘quvchisini urib yubordi

Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 7 yoshli maktab o‘quvchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 12 noyabr kuni soat 8:00 da Bandixon tumani Chinor mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-100 avtomobil yo‘lining 98-kilometrida ro‘y bergan. 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Nexia “Bandixon-Qiziriq” yo‘nalishida harakatlanib kelib, yo‘lning belgilanmagan joyidan yugurgan holda kesib o‘tayotgan 2017 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bolani urib yuborgan.

 

Oqibatda bola olgan tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasida vafot etgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика