1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida joylashgan “IT-shaharcha” da press-tur tashkil etildi

IT- shaharchada 500 ga yaqin bola tekin tahsil olmoqda.

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida joylashgan “IT-shaharcha” da press-tur tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-maydagi “Hududlarda yoshlarga raqamli teхnologiyalar va хorijiy tillarni oʻrganish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq har bir viloyatda 1 tadan “IT-shaharcha”larni tashkil etish belgilangan.

 

Fargʻona viloyati Toshloq tumanida tashkil etilgan “IT-shaharcha” binosi 2 qavatli va 20 ta xonadan iborat bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 200 nafar yoshlarni o‘qitish imkoniyatiga ega. 

 

IT-park bugungi zamon talablari asosida barpo etilgan bo‘lib, majmuada yoshlarni IT sohasidagi o‘quv kurslar va xorijiy tillar yo‘nalishlarida ta’lim olishlari va kasb egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan hamda 10 dan ortiq malakali ustozlar jalb etilgan.

 

Ushbu obyektda “Startap-Garage”, coworking zona, frilanserlar uchun joylar, konferens zal, shu jumladan, dasturlash, robototexnika, 3D garfika, Grafik dizayn, SMM hamda zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘rgatish markazlari mavjud. Mamlakatimizda bugungi kunda yoshlarni zamonaviy kasb-hunar o‘rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. 

 

IT Park rezidentlarining soni 80 tadan 106 taga, ish o‘rinlari esa 797 nafardan 1 397 nafarga ko‘paygan. Ayni paytda rezident korxonalarning 24 tasi IT eksport, 33 tasi raqamli ta’lim, 46 tasi mahalliy bozorga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 112,4 milliard so‘mdan oshgan. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida hozirgacha 28 mingga yaqin yoshlar IT sohasida ta’lim olgan.


 
Mazkur IT-parkda 12 yoshdan boshlab oʻquvchilar qabul qilinadi. Oʻqutuvchilar esa 19 yoshdan 30 yoshgachani tashkil etadi. 

 

Maʼlumot oʻrnida mazkur IT parkda maktabdan tashqari vaqtda oʻquvchilar tashrif buyuradi. 
Ayni paytda esa 500 nafarga yaqin oʻquvchi IT parkda tahsil olib oʻz koʻnikmalarini namoyish etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика