1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva JST rahbari bilan uchrashdi

Jenevada O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish jarayoni muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva JST rahbari bilan uchrashdi

17 sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jenevada Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

 

“Muloqot davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi yangi ehtimoliy qiyinchiliklar hamda ishonch va hamkorlikning muhim ahamiyati haqida ochiq fikr almashdik”, — deya yozdi Saida Mirziyoyeva.

 

U shuningdek, Ngozi xonimga yetakchilik va doimiy qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirganini ta’kidladi. Mirziyoyeva qayd etishicha, jahon savdosining muhim davrida O‘zbekiston islohotlar doirasida o‘z majburiyatlarini qat’iyat bilan bajarishda davom etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, bu Saida Mirziyoyevaning JST rahbari bilan ilk uchrashuvi emas. O‘tgan yili u Toshkentdagi xalqaro konferensiya va Jenevadagi muloqotlar chog‘ida ham Ngozi Okonjo-Iveala bilan yuzma-yuz uchrashgan edi. Shu bilan birga, 2025-yil davomida O‘zbekiston JSTga qo‘shilish bo‘yicha bir qator ikki tomonlama muzokaralarni — jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Shveytsariya va boshqa davlatlar bilan — muvaffaqiyatli yakunladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика