Tekshiruvda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro R.R. “A.R.” MCHJ rahbarining ishonchiga kirib, unga Jizzax viloyati Zafarobod tumanida koʻp qavatli uylar qurilishi rejalashtirilganligini aytgan. Shundan 5 qavatli 1 ta uy qurish uchun shartnoma tuzishda tanishlari orqali yordam berishini vaʼda qilgan. Buning evaziga esa undan firibgarlik yoʻli bilan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, bundan avval zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlangani va Boʻstonliq tumanida 5 gektar yerni 150 ming AQSH dollariga olib berishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga olingani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, Jarqoʻrgʻon tumanida zaxiradagi yerni sotmoqchi boʻlgan firibgarga jazo qoʻllanilgandi.
Choʻlponoy Ahmedova


