1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech / 
  4. Tadqiqotchilar internetning fizik og‘irligini aniqlashdi

10:03 / 26.03.2025

307

Tadqiqotchilar internetning fizik og‘irligini aniqlashdi

Tadqiqotchilar internetning fizik og‘irligini aniqlashdi

Butun global internet 64 000 dona qulupnay og‘irligiga teng.

 

Tadqiqotchilar global internetning og‘irligini hisoblab chiqishdi. Vired portalining maʼlumotlariga ko‘ra, butun internetning massasi 960 000 grammdan oshadi.

 

Internetning og‘irligini birinchi marta 2006 yilda Garvard fizigi Rassel Saits hisoblab chiqqan. U global tarmoqni boshqarish uchun zarur bo‘lgan energiya massasini inobatga olib, internet og‘irligini atigi 50 gramm – yaʼni ikki dona qulupnayning vazniga teng deb belgilagan. Keyinchalik Dissover jurnali internet-trafikni kodlashda ishtirok etuvchi elektronlar massasini hisoblab, bu miqdorni grammning besh milliondan bir qismiga teng deb topdi.

 

Biroq baʼzi olimlar bunday yondashuvlarni obyektiv deb hisoblamaydi. Shuning uchun NES Laboratoriyes Amerisa prezidenti Kristofer Uayt yangi hisob-kitoblar o‘tkazdi. U internetdagi barcha maʼlumotlarni kodlash uchun zarur bo‘lgan energiyani hisoblab chiqdi. 175 zettabayt hajmdagi internet maʼlumotlari E=ms² formulasidan foydalangan holda 5.32 × 10⁻¹⁴ G massaga ega bo‘lishi mumkinligini aniqladi.

 

Yana bir alternativ yondashuv internet maʼlumotlarini DNK bilan taqqoslash bo‘ldi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, 1 gramm DNK taxminan 215 petabayt maʼlumot saqlash quvvatiga ega. Agar internetning umumiy hajmi 175 zettabayt deb hisoblangan bo‘lsa, uni saqlash uchun 960 000 gramm DNK kerak bo‘ladi. Bu esa 64 000 dona qulupnay og‘irligiga teng.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика