Xitoylik muhandislar urush paytida razvedka olib borish uchun chivin kattaligidagi bionik mini robotni ishlab chiqishdi. Ushbu dron ko‘rinishi jihatidan haqiqiy chivinni eslatadi.
Mini robotning qanot va oyoqchalari maxsus tarzda hasharotga taqlid qilib yaratilgan. U jang maydonida yashirincha kuzatuv olib borishga mo‘ljallangan.
Muhandislarning ta’kidlashicha, bu texnologiya dushman tomonidan aniqlanmasdan ma’lumot to‘plash imkonini beradi. Bunday robotlar kelajakdagi urushlarda ayg‘oqchilikning yangi bosqichini boshlab berishi mumkin.


