1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Amazon kompaniyasi omborlarida robotlar inqilobi

Kompaniyada robotlar soni insonlarnikidan oshib ketdi.

Amazon kompaniyasi omborlarida robotlar inqilobi

Amazon o‘zining millioninchi robotini ishga tushirib, robotlar soni bo‘yicha insonlardan ustunlikka erishdi. Shu bilan birga, kompaniya yangi generativ sun’iy intellekt modeli – DeepFleet’ni taqdim etdi. Bu tizim ombor ichidagi robotlar harakatini muvofiqlashtirish va samaradorlikni oshirish uchun ishlab chiqilgan.

 

DeepFleet ombor ichidagi trafikni tahlil qilib, har bir robot uchun optimal marshrutlarni belgilaydi. Bu esa tirbandlikning oldini olib, buyurtmalarni tezroq qayta ishlash va energiya sarfini kamaytirishga xizmat qiladi. Amazon ma’lumotlariga ko‘ra, bu tizim robotlar harakatining samaradorligini 10 foizga oshirishga yordam beradi.

 

Bugungi kunda Amazon dunyodagi eng yirik sanoat robotlar ishlab chiqaruvchisi va foydalanuvchisi hisoblanadi. Herkules va Proteus kabi robotlar og‘ir yuklarni ko‘tarish, takrorlanuvchi vazifalarni bajarish orqali inson ishini yengillashtirmoqda. DeepFleet esa ushbu jarayonni yanada samarali tashkil qilishga xizmat qiladi.

 

Amazonning bu qadamlar avtomatlashtirish va xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasining bir qismidir. Katta hajmdagi buyurtmalar oqimi fonida samaradorlikdagi 10 foizlik o‘sish kompaniya uchun muhim iqtisodiy afzallik beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика