1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Sun’iy intellekt Google qidiruvini yo'q qilmoqda

Saytlar trafik va daromaddan ayrilmoqda.

Sun’iy intellekt Google qidiruvini yo'q qilmoqda

ChatGPT, Perplexity va boshqa sun’iy intellekt vositalari internetda ma’lumot izlash usulini tubdan o‘zgartirmoqda. Endilikda foydalanuvchilar an’anaviy Google qidiruvi o‘rniga AI asosidagi platformalardan foydalanmoqda.

 

Ushbu o‘zgarishlar ko‘plab veb-saytlar uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, sayyohlik, axborot va yangilik portallari avvalgidek tashrif buyuruvchilarni jalb qila olmayapti, bu esa reklamadan tushadigan daromadlarning kamayishi va xodimlar qisqarishiga olib kelmoqda.

 

Texnik hamjamiyat AI vositalarining asosiy ma’lumot manbasiga aylanib borayotganini kuzatmoqda. Google esa sun’iy intellektga sarmoya kiritishda davom etsa-da, uning an’anaviy qidiruv tizimi asta-sekin ommalashuvini yo‘qotmoqda.

 

Vaziyat shunday tus olayapti: foydalanuvchilar endi turli saytlarni kezmasdan, bevosita ChatGPT yoki unga o‘xshash platformalarda kerakli ma’lumotga ega bo‘lishni afzal ko‘rmoqda. Bu esa kompaniyalarni yangi sharoitlarga moslashishga, AI yechimlari yaratishga yoki daromad manbalarini diversifikatsiya qilishga majbur qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика