1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tailandlik erkak qamoqqa qaytish uchun o‘g‘irlik qildi

U buning uchun do‘kondan qimmatbaho uzuk olib qochgan.

Tailandlik erkak qamoqqa qaytish uchun o‘g‘irlik qildi

Tailandning Udon Thani provinsiyasida 30 yoshli Pakin ismli erkak zargarlik do‘konidan 750 dollarlik uzukni o‘g‘irlab, ataylab hibsga olinmoqchi bo‘ldi. U sotuvchilardan “agar shu uzuk bilan chiqib ketsam, meni hibsga olishadimi?” deb so‘rab, javobni eshitgach, uzuk bilan tashqariga chiqqan.

 

Do‘kon xodimlari uni darhol ushlab, politsiyaga topshirishdi. Erkak qarshilik ko‘rsatmagan va jinoyatni qasddan sodir etganini tan oldi. U ilgari ham qamoqda bo‘lganini, ozodlikdagi hayot unga og‘irligini, qamoqdagi tartibni esa afzal ko‘rishini aytgan.

 

Pakin oilaviy muammolar va narkotik moddalarga qaramlik sabab o‘zini jamiyatdan uzilgandek his qilganini bildirdi. Do‘kon egasi daʼvo qilmagani bois unga o‘g‘rilik bo‘yicha jazo qo‘llanmagan, faqat narkotik isteʼmoli uchun ayblov qo‘yilib, reabilitatsiya markaziga yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика