Media

“Taksi” filmi bosh qahramoni Toshkentga keladi

 

“Taksi” filmidagi Emilen obrazi bilan mashhur bo‘lgan Frederik Difental «Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi

 

XV Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilning 29 sentyabr – 2 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Unda Yevropa ittifoqi davlatlari film festivali, shu bilan birga, Turkiy davlatlar va MDH davlatlari kinoforumi ham bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, kinofestival dasturidan «O‘zbek dublyaji 85 yoshda», «Kino 5 kunda» tanlovi, o‘zbek kinosining 115 yilligiga bag‘ishlangan milliy tadbirlar, Italiya filmlarida kiyilgan kastyumlar ko‘rgazmasi, kinoteatrlarda xorij kino kunlari, seminar-treninglar, mahorat darslari, taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, retrospektiv kinonamoyishlar o‘rin olgan.

Oxirgi voqealar

Hammasini ko'rsatish