1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Termizda yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh bo‘ldi

Hozirda ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Termizda yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh bo‘ldi

 

 Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabariga ko‘ra, departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

 

Maʼlum qilinishicha, fuqarolar T.X. va B.A.lar oldindan til biriktirib, tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 10 sotix yer maydonini fuqaro M.ga o‘zlariga tegishli ekanligini aytgan. Ushbu yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlandi. Ular 3 ming 300 AQSH dollari hisobidan 9 million so‘mni o‘z ixtiyori bilan qaytarganliklari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingani maʼlum bo‘ldi.

 

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Bo‘stonliq tumanida 5 gektar yerni 150 ming AQSH dollarga olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlangandi.

 

Avvalroq Xorazmda noqonuniy yer sotayotgan shaxslar ushlangani, Farg‘onada “auksion” orqali arzon yer maydoni olib beraman deb 60 million so‘mni qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga olingani hamda DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olingani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика