Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Nyu-Yorkdagi safaridan qaytgach, tashqi ishlar sohasidagi uch amaldorni ishdan oldi. Bu haqida mahalliy nashlar xabar bermoqda.
Jumladan, To‘qayev Qozog‘istonning AQSHdagi elchisini ishdan bo‘shatdi.
“Davlat rahbarining farmoni bilan Erjan Ashikbayev Qozog‘iston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi Akordaning 2025 yil 26 sentyabrdagi bayonotida.
Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu lavozimidan ozod qilindi va prezidentning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi etib tayinlandi.
Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vaziri etib avval respublikaning Rossiyadagi elchisi bo‘lgan Yermek Kusherbayev tayinlandi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u o‘zining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yerjan Kazixonni ham ishdan bo‘shatib, uni mamlakatning BMTning Jenevadagi bo‘limidagi doimiy vakili etib tayinlagan.


