1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Toshkent Markaziy Osiyo badminton chempionatiga mezbonlik qiladi

Turnirda 7 davlat vakillari U-23, U-17 va U-15 yosh toifalarida ishtirok etadi.

Toshkent Markaziy Osiyo badminton chempionatiga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 15–23-sentabr kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo badminton chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqa O‘zbekiston Badminton Federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.

 

Chempionatda 7 davlat — O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Eron va Mo‘g‘uliston vakillari ishtirok etib, U-23, U-17 va U-15 yosh toifalarida kuch sinashadi.

 

Badminton o‘zida epchillik, tezkorlik, iroda va mahoratni mujassam etgan sport turi sanaladi. Toshkentda o‘tkaziladigan mazkur chempionat nafaqat sportchilar uchun g‘alaba yo‘lidagi sinov, balki mintaqa xalqlarini birlashtiruvchi, do‘stlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlovchi yirik tadbir bo‘lishi kutilmoqda.

 

Musobaqa davomida yosh sportchilar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, yangi rekordlar va unutilmas lahzalarni taqdim etishlari shubhasiz.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика