1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Moskvada taekvondo bo‘yicha jahon chempioni hibsga olindi

Rossiyalik sportchi Emin Chetinbag kriptovalyuta tadbirkorini o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda.

Moskvada taekvondo bo‘yicha jahon chempioni hibsga olindi

Rossiya poytaxtida kutilmagan voqea yuz berdi. Taekvondo bo‘yicha jahon chempioni Emin Chetinbag odam o‘g‘irlashga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda Baza Telegram kanali xabar berdi.

 

Tergovchilarning ma’lumotiga ko‘ra, sportchi kriptovalyuta bilan shug‘ullanadigan yoshlar bilan ishonchli munosabat o‘rnatib, ularning shaxsiy ma’lumotlarini sheriklariga yetkazgan. Aytilishicha, bu ishga Ichki ishlar vazirligining uch nafar xodimi ham aralashgan bo‘lishi mumkin.

 

Hozirda Volgograd politsiyasi 2024-yil noyabr oyida kriptovalyuta tadbirkorining o‘g‘irlab ketilishi yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda. Chetinbagning ism-sharifi gumondorlar ro‘yxatida tilga olinmoqda.

 

Biroq sportchining onasi o‘g‘li hibsga olinganini inkor etib, u harbiy xizmatda bo‘lganini ma’lum qildi. Shunga qaramay, jahon chempionining nomi tergov materiallarida qayd etilayotgani jamoatchilikda katta shov-shuv uyg‘otmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика