Xalqaro futbol jamoatchiligi e’tiboridagi shaxs — FIFA Prezidenti Janni Infantino yaqinda Toshkentga tashrif buyuradi. U O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifi bilan CAFA Nations Cup 2025 final uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatishi kutilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Infantino tashrifi davomida O‘zbekiston futbolining rivojiga doir loyihalarni O‘FA rahbariyati bilan muhokama qiladi. Shuningdek, u Milliy futbol markazi faoliyati bilan yaqindan tanishadi.
Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvi 8-sentabr kuni soat 19:30 da “Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan g‘oliblik uchun kurashadi.
Avvalroq, 5-sentabr kuni O‘zbekiston Qirg‘izistonni 4:0 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘llanma olgandi.


