Toshkent viloyatining Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro qonunga xilof ravishda noyob yirtqich qushlarni saqlagani uchun javobgarlikka tortildi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabariga ko‘ra, reyd tadbirlari chog‘ida fuqaroning uyidan “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘pol lochin va hobbi lochin aniqlangan.
Mazkur huquqbuzarlik natijasida hayvonot dunyosiga 620 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani hisoblab chiqildi. Qushlar olib qo‘yilib, vaqtincha Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonunchilikka muvofiq chora ko‘rish uchun materiallar Bosh prokuraturaga taqdim etilgan. Mutasaddi organlar ta’kidlashicha, hayvonot dunyosini asrash va noqonuniy saqlashning oldini olish bo‘yicha profilaktik reydlar davom etmoqda.


