1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mlik yordam ajratilishi uchun arizalar berish boshlandi

Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi matbuot xizmati Zamon.uz'ga ma'lum qildi.

Ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mlik yordam ajratilishi uchun arizalar berish boshlandi

Joriy yil noyabr oyida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” hamda “Kambag‘al oilalar reyestri”da qayd etilgan oilarga, shuningdek, “Mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratilishi belgilandi.

 

Bugungi kunda mazkur reyestrlarda 816 mingdan ortiq oila mavjud. Shu bilan birga, “Mahalla yettiligi” tomonidan kambag‘allikka tushish xavfi yuqori bo‘lgan oilalarning 40 foizgacha bo‘lgan qismini qo‘shimcha ravishda ro‘yxatga olish ishlari davom etmoqda.

 

2025-yil 19-sentabr holatiga ko‘ra, 317 ming 698 ta oila ushbu qo‘shimcha ro‘yxatga kiritildi.

 

Mazkur toifadagi oilalar 25-sentabrga qadar o‘z mahalla “yettiligi”ga murojaat qilib, yordam olish huquqini tasdiqlashlari lozim.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика