Xitoyning Yutong kompaniyasining 100 ta elektrobusidan iborat birinchi partiyasi Qozog‘iston orqali Xorgosdan O‘zbekistonga jo‘natildi. Bu haqida Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot uchuye, O‘zbekiston - 2030 strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi doirasida iqlim o‘zgarishiga moslashish, uglerod neytralligiga erishish va Toshkent jamoat transportini rivojlantirish yo‘nalishida yashil loyihalarni amalga oshirish maqsadida 200 ta elektrobus va ular uchun quvvatlash uskunalarini xarid qilish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Qayd etilishicha, barcha elektrobuslarni jo‘natish jarayonini joriy yilning sentyabr oyi oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.


