1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda 4 yoshli qizcha harakatlanayotgan mashinadan tushib ketdi

Qizcha derazani yopmoqchi bo‘lib, mashina eshigini ochib yuborgan.

Toshkentda 4 yoshli qizcha harakatlanayotgan mashinadan tushib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavhalar ko‘plab foydalanuvchilarni larzaga soldi. Kadrlarda kichkina qizcha harakatlanayotgan avtomobil eshigini ochib yuborgach, yo‘lning o‘rtasiga tushib ketgani aks etgan. Yaxshiyamki, bu safar fojia ro‘y bermadi — orqadan boshqa mashinalar kelmagan, bola esa yiqilganiga qaramay, tezda o‘rnidan turib, yo‘l chetiga chiqib olgan.

 

Voqea Toshkent shahar Sergeli tumanida 9-oktabr kuni ertalab sodir bo‘lgan. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, VAZ-2115 rusumli avtomashinani 61 yoshli erkak — qizchaning bobosi — boshqargan. U to‘rt yoshli nabirasini bog‘chaga olib ketayotgan bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, bola derazani yopmoqchi bo‘lganida adashib, eshik tutqichini tortgan va shu sababli avtomobildan tushib ketgan.

 

Atrofdagi fuqarolar zudlik bilan haydovchini ogohlantirib, qizchani yo‘l chetiga olib chiqib, xavfsiz joyga joylashtirgan. Bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va sog‘lom ekani tasdiqlangan.

 

Huquq-tartibot organlari hodisa yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика