1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda 247 million so‘mlik subsidiyani noqonuniy o‘zlashtirilgan mansabdorlar fosh etildi

Mansabdorlar “STX” MChJ bilan til biriktirib, 25 nafar xotin-qiz nomidan soxta hujjatlar rasmiylashtirgan.

Andijonda 247 million so‘mlik subsidiyani noqonuniy o‘zlashtirilgan mansabdorlar fosh etildi

Andijon viloyatida davlat subsidiyalarining o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Agentlik tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv davomida aniqlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-son qaroriga muvofiq, qashshoqlikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash maqsadida ajratilgan byudjet mablag‘lari bir guruh shaxslar tomonidan noqonuniy o‘zlashtirilgan.

 

Jalolquduq tumani Bandlik va qashshoqlikni qisqartirish bo‘limi mas’ullari “STX” MChJ rahbari bilan til biriktirgan holda 25 nafar ishsiz xotin-qiz bandligi bo‘yicha soxta hujjatlar rasmiylashtirgan. Ular turli ijtimoiy dasturlarga kiritilib, guyo tikuv uskunalari bilan ta’minlangandek ko‘rsatilgan, aslida esa bunday jihozlar umuman yetkazilmagan.

 

Natijada 247,5 million so‘m miqdoridagi davlat mablag‘i o‘zlashtirilgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика