Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi institutida ko'p fazali oqimlar va ularning xududiy muammolarni bartaraf etish va ularning yechimini topish bo'yicha xalqaro seminar bo'lib o'tdi.
Seminar doirasida, suvni tejash texnologiyalar, tuproq degratatsiyasi va xavo ifloslanishi muammolari, qolaversa mintaqamiz uchun muhim bo'lgan amaliy yo'nalishlardagi tadqiqotlar ko'rib chiqildi. Seminar ishi sug'orish natijasida tuproqlarning yemirilishi sharoitida suv resurslarining taqchilligi, sanoat faoliyatidan zararli chiqindilarni kamaytirish va boshqa ekologik xavfsizlik muammolarni xal qilish mexanizmlarini aniqlashga qaratilgan.
Shu nuqtai nazardan, seminarning maqsadi, Markaziy Osiyo mintaqalarida suvni tejaydigan yangi texnologiyalarni taklif qilish, va suv resurslarini boshqarish jarayonlarini joriy etishdan iborat. Seminarning vazifasi keyingi tadqiqotlarga tavsiyalar va iul xaritasini ishlab chiqish, shuningdek, turli mamlakatlar ekspertlari o'rtasida xamkorlik aloqalarini rivojlantirish, yangi tadqiqot loyihalarini shakllantirishdan iboratdir.
Tadbir davomida mazmunli munozaralar, yangi tashabbuslarning paydo bo'lishi va butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim bo'lgan muammolar bo'yicha innovasion yechimlarni ishlab chiqish uchun ajoyib imkoniyat bo'ladi.


