1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda ayol o‘zi va ikki go‘dagini ko‘p qavatli uy derazasidan tashladi

Ayol vafot etgan, bolalarning hayoti saqlab qolindi.

Toshkentda ayol o‘zi va ikki go‘dagini ko‘p qavatli uy derazasidan tashladi

Kecha, 17-sentyabr kuni soat 14:18 larda Olmazor tumanida yashovchi, 24 yoshli ayol o‘zi va bolalarini ko‘p qavatli uy derazasidan tashlab yubordi. Bu haqda Zamon.uz'ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, ayol turmush o‘rtog‘i bilan rashq tufayli kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida jahl qilib, 2022 va 2024 yillarda tug‘ilgan ikki nafar o‘g‘il farzandini o‘zlari yashab turgan uyning 4-qavati yo‘lak derazasidan pastga tashlab yuborgan.

 

So‘ngra o‘sha uyning 8-qavati yo‘lak derazasidan o‘zini ham pastga tashlagan. Hodisa oqibatida ayol shifoxonada vafot etgan, ikki nafar voyaga yetmagan bolaning hayoti saqlanib qolingan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 25,97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика