1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onadagi IT-shaharchada 500 ga yaqin bola bepul o‘qitilmoqda

Ushbu obyektda zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘rgatish markazlari mavjud.

Farg‘onadagi IT-shaharchada 500 ga yaqin bola bepul o‘qitilmoqda

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida joylashgan “IT-shaharcha”da OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, bino 2 qavatli va 20 ta xonadan iborat bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 200 nafar yoshlarni o‘qitish imkoniyatiga ega.

 

IT-park bugungi zamon talablari asosida barpo etilgan bo‘lib, majmuada yoshlarni IT sohasidagi o‘quv kurslar va xorijiy tillar yo‘nalishlarida taʼlim olishlari va kasb egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan hamda 10 dan ortiq malakali ustozlar jalb etilgan.

 

 

Ushbu obyektda Startap-Garage, coworking zona, frilanserlar uchun joylar, konferens zal, shu jumladan, dasturlash, robototexnika, 3D garfika, Grafik dizayn, SMM hamda zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘rgatish markazlari mavjud.

 

 

IT Park rezidentlarining soni 80 tadan 106 taga, ish o‘rinlari esa 797 nafardan 1 397 nafarga ko‘paygan. Ayni paytda rezident korxonalarning 24 tasi IT eksport, 33 tasi raqamli taʼlim, 46 tasi mahalliy bozorga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 112,4 milliard so‘mdan oshgan. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida hozirgacha 28 mingga yaqin yoshlar IT sohasida taʼlim olgan.

 

Mazkur IT-parkda 12 yoshdan boshlab o‘quvchilar qabul qilinadi. O‘qituvchilar esa 19 yoshdan 30 yoshgachani tashkil etadi. Maʼlumot o‘rnida, mazkur IT parkda maktabdan tashqari vaqtda o‘quvchilar tashrif buyuradi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика