1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Blogerlar sud tizimiga nisbatan asossiz norozilik kayfiyatini kuchaytirmoqda

Fuqarolarga o‘z masalalariga huquqiy yechim topishda tajribasiz blogerlarga emas, balki malakali advokatlarga murojaat etish tavsiya etiladi.

Blogerlar sud tizimiga nisbatan asossiz norozilik kayfiyatini kuchaytirmoqda

So‘nggi kunlarda ayrim blogerlar ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning murojaatlarini biryoqlama yoritib, sud organlariga nisbatan asossiz norozilik kayfiyati va ishonchsizlikni kuchaytirishga urinmoqda.

 

Sud tizimi vakillari ta’kidlaganidek, sud jarayonlariga ochiqdan-ochiq bosim o‘tkazish, sudya faoliyatini obro‘sizlantirish “Sudlar to‘g‘risida”gi qonun talablari va amaldagi qonunchilikka butunlay zid hisoblanadi.

 

Oliy sud qayd etishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan videomurojaatlar yoki boshqa shakldagi chiqishlar sud qarorlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun huquqiy asos bo‘la olmaydi. Sud qarorlari faqat qonun asosida va belgilangan tartibda yuqori instansiya sudlarida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

 

Shu munosabat bilan fuqarolarga o‘z masalalariga huquqiy yechim topishda tajribasiz blogerlarga emas, balki malakali advokatlarga murojaat etish tavsiya etiladi.

 

Oliy sud ma’lum qilishicha, YouTube videoxostingida e’lon qilingan murojaat egalari ushbu chiqishlardan avval alohida qabul qilingan, ular bilan individual suhbatlar o‘tkazilgan va murojaatlari qonuniy tartibda ko‘rib chiqishga qabul qilingan.

 

Sud hokimiyatining mustaqilligi — qonun ustuvorligining asosiy tamoyillaridan biridir. Shu bois sudya faoliyatiga har qanday bosim o‘tkazish qat’iyan man etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика