1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda erkak avtobusda qizlarga tegajog‘liq qildi

Hozirda unga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Toshkentda erkak avtobusda qizlarga tegajog‘liq qildi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrida yoshi katta erkak avtobusda qizlarga tegajog‘liq qilayotgani aks etgan video tarqalgandi.

 

Kecha, 17 sentyabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida MJtKning 41-1-modasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda ayblangan sudlnuvchi S.K.ga oid ish ko‘rib chiqildi.

 

Aniqlanishicha, F.S. shu yilning 11 sentyabr kuni soat 08:00 - 09:00 atrofida Toshkent shahar Chilonzor tumani "Xalqlar do‘stligi-Sirg‘ali" yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan 11-sonli avtobusda bo‘la turib, mazkur avtobusda yo‘lovchi sifatida ketayotgan qizlarga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan. Chilonzor tumani IIOFMB HPX profilaktika inspektori tomonidan unga nisbatan 17 sentyabr kuni maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Sud majlisida huquqbuzar F.S. eʼlon qilingan ayblovga to‘liq iqror bo‘lib, o‘sha kuni avtobusda ishga ketayotgan vaqtida o‘zi bilan birga ketayotgan qizlarga nisbatan qilgan ishidan pushaymonligini, bu holat boshqa qaytarilmasligini aytib, suddan yengilroq jazo tayinlashni so‘radi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi F.S.ga nisbatan MJtKning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va shu modda bilan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика