1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda Cobaltga urilgan Lacetti butunlay yonib ketdi

Hodisa oqibatida haydovchilardan biriga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Toshkentda Cobaltga urilgan Lacetti butunlay yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Lacetti yonayotgani aytilgan videolar tarqalgandi. Holat yuzasidan shahar IIB YHXB rasmiy maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, hodisa 21-oktyabr kuni soat 00:10 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida yuz bergan. Unda Lacetti va Cobalt rusumli avtomashinalari o‘zaro to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. To‘qnashuvdan so‘ng Lacetti avtomashinasida yong‘in yuzaga kelgan.

 

Shahar FVBga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:22 da yetib borib, yong‘in soat 00:29 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

 

YTH natijasida Cobalt avtomashina yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB hamda FVB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика