1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida erkak voyaga yetmagan qizga tajovuz qilganlikda gumonlanmoqda

Ohangaronda jinsiy xarakterdagi jinoyat holati yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida erkak voyaga yetmagan qizga tajovuz qilganlikda gumonlanmoqda

Ohangaron tumanida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari sodir etilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Joriy yilning 16-oktabr kuni 1994-yilda tug‘ilgan M.T. ismli shaxs tomonidan voyaga yetmagan qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilgani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (“Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Mazkur shaxs shu kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan protsessual tartibda ushlangan hamda unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика