Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Toshkent shahrida isitish tizimini ishga tushirish sanasi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. Qayd etilishicha, amaldagi sanitariya-gigiyena me’yorlariga muvofiq, isitish mavsumi tashqi havo harorati ketma-ket besh kun davomida o‘rtacha +8 darajadan past bo‘lgach, navbatdagi kundan boshlab boshlanadi.
Shunga ko‘ra, ob-havo sovuq bo‘lishi bir necha kun davom etsa, poytaxtdagi ko‘p qavatli uylar, maktablar, kasalxonalar va bolalar bog‘chalarida issiqlik ta’minoti bosqichma-bosqich yoqiladi.
Mutasaddi idoralar aholiga isitish tizimlarini oldindan tekshirib, texnik jihatdan tayyor holatga keltirishni tavsiya etmoqda.


