1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Toshkentda futbolga 871 million so‘m ajratildi

Biroq pullar aynan qanday maqsadda sarflanishi ochiqlanmagan.

Toshkentda futbolga 871 million so‘m ajratildi

 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentining xatiga muvofiq, Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi va shtat jadvali xarajatlari uchun 871 million so‘m ajratilgan.

 

Pullar aynan qanday maqsadga ishlatilishi ochiqlanmagan. Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2023 yil davomida shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan o‘tkazilishi belgilangan.

 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 12-iyun kuni Olmazor tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va tumanda jamoatchilik vakillari murojaat xatiga asosan Toshkent shahar hokimligining “Maʼrifiy targ‘ibot markazi" davlat muassasasining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, moddiy texnika bazasini yaxshilash xarajatlari uchun 872,4 million so‘m ham ajratilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика