1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashib ketdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bor.

Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashib ketdi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida ikkita yo‘lovchi avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Holatga “Toshshahartransxizmat” AJ munosabat bildirdi. 

 

Hodisa bugun, 14-iyun kuni soat 16:14 larda Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasida yuz bergan. “King Long” rusumli avtobus haydovchisi piyodalar o‘tish yo‘lagida to‘xtagan vaqtida orqadan oraliq masofa saqlamay kelayotgan yana bir “King Long” rusumli avtobus kelib urilgan. 

 

Dastlabki maʼlumotga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobus haydovchisi, chiptachisi va 2 nafar yo‘lovchilari tan jarohati olgan, avtobuslar texnik shikastlangan.

 

Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика